Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh KXDRga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni qachon bekor qilishi aytildi
Vashington KXDRga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishni rejalashtirayotgani yo‘q, bu faqat uning butunlay yadroviy qurolsizlanishi amalga oshsagina yuz beradi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Yaponiya va Janubiy Koreya TIV rahbarlari bilan Seuldagi uchrashuvdan so‘ng ma'lum qildi.
«Biz butunlay yadrosizlanishga erishishni mo‘ljallamoqdamiz. Faqatgina o‘shanda sanksiyalar bekor qilinadi», - deya aytib o‘tdi Pompeo.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington «Kim Chen In yadrosizlanish favqulodda muhim ekanini tushunayotganidan» umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR tomonidan endi yadroviy tahdid yo‘qligi haqida aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid
21:50 / 10.06.2026
Eronning yadro bombasi yaratish imkoniyati qanday?
09:59 / 10.06.2026
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30 / 10.06.2026
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15 / 10.06.2026