AQŞ prezidenti Donald Trampning ma'lum qilişiça, KXDR tomonidan endi yadroviy tahdid yöqdir.

«Şimoliy Koreya tomonidan endi yadroviy tahdid yöqdir. Kim Çen In bilan uçraşuv qiziqarli va ijobiy tajriba böldi. Şimoliy Koreyada kelajakda ajoyib salohiyat bor», - deya yozgan davlat rahbari Twitter’da.

Uning sözlariga köra, AQŞ sobiq prezidenti Barak Obama KXDRni «eng katta va xavfli muammo» deb atagandi.

«Endi yöq, bugun tinç uxlasa ham bölaveradi», - deya xulosa qilgan Tramp.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tramp Kim Çen In alomat yigit ekanini aytgandi.