O‘zbekiston | 13:59 / 14.06.2018
7597
2 daqiqa o‘qiladi

Onkologik va og‘ir xastalikka chalingan bolalar uchun oylik nafaqa tayinlash taklif etildi

Foto: KUN.UZ

«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida onkologik va og‘ir xastalikka chalingan bolalar uchun oylik nafaqa tayinlash haqidagi petitsiya paydo bo‘ldi.

«Onkologik va og‘ir xastalikka chalingan 18 yoshga to‘lmagan bolalar uchun davlat tomonidan oylik nafaqa berishni tashkil qilish haqida fikr bildirmoqchimiz. Sir emaski, bunday kasalliklarni davolash uchun anchagina mablag‘ talab etiladi. Insonparvarlik nuqtai nazaridan olib qaraganda bu holatda davlat tomonidan qandaydir ko‘mak berilishi davlatga nisbatan yanada hurmat va ishonchni mustahkamlaydi», - deyiladi murojaatda. 

Moddiy nafaqaning miqdori qanchaligi emas, balki uning mavjudligining o‘ziyoq bemorlar va ularning yaqinlariga davlat g‘amxo‘rligini chuqur ifoda etadi. Bu borada nodavlat tashkilotlarning faolligini oshirish ham zarur va ularning xayriya va ijtimoiy loyihalariga davlat grantlari ajratish ham ijobiy natija beradi, deb ta'kidlanadi.

«Shu sababdan, 18 yoshgacha bo‘lgan onkologik va og‘ir xastalikka chalinganlarga nafaqa berish tartibini ishlab chiqish kerak», - deyilgan matnda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda sintetik va sun'iy qo‘shimchali oziq-ovqat mahsulotlarini taqiqlash taklif etilgandi

Mavzuga oid