Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchi yo‘l qoidasini buzgani sabab 2 kishi vafot etib, 3 kishi jarohat oldi
Farg‘ona tumanida 15 iyun kuni ushbu tumanda yashovchi A.M. o‘zining boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinasini “Oltiariq-Vodil” yo‘lida haydab ketayotib qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib qarshisidan kelayotgan Farg‘ona tumanida yashovchi X.T. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Natijada “Kobalt” avtomashinasi yo‘lovchilari, shu tumanda yashagan M.M. ismli ayol olgan jarohati sabab voqea joyida, N.H. ismli ayol esa kasalxonaga olib ketilayotganida vafot etgan.
Shuningdek, “Kobalt” avtomashinasi haydovchisi A.M. va yana bir yo‘lovchisi, marhuma N.H.ning nabirasi maktab o‘quvchisi M.A. va “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi X.T. tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
19:01 / 10.05.2026
Andijonda “Lasetti” zovurga tushib ketdi
08:00 / 08.05.2026
Farg‘onada onasini o‘ldirgan erkak 18 yilga qamaldi
18:26 / 04.05.2026
“Prezident orzumga yetkazsin deyman” – farg‘onalik 106 yoshli urush faxriysi
08:12 / 04.05.2026