Sport | 22:37 / 16.06.2018
8950
1 daqiqa o‘qiladi

Maradona jahon chempionatida o‘zini surbetlarcha tutmoqda

Mashhur futbolchi va murabbiy Diyego Maradona Argentina - Islandiya (1:1) o‘yiniga tashrif buyurdi. 

Chekish mumkin emasligi haqidagi ogohlantiruvchi yozuvlarga qaramay, argentinalik stadionda bemalol sigara tutatdi.

Bundan tashqari, Maradona irqiy kamsituvchi ishoralarni ham qilgani ma'lum bo‘ldi.

Jurnalist Jyeki Outli xabariga ko‘ra, Diyego koreyalik muxlislarni haqorat qildi. 

«Maradona o‘z obro‘sini tushirdi. Janubiy Koreyadan kelgan muxlislar «Diyego» deb qichqirishgandi, u esa jilmayib, ularga havodan bo‘sa yubordi. So‘ngra qo‘llari bilan ko‘zini qisib, ularga yuzlandi. Biz buni ko‘rib, juda hayron qoldik» - deb yozdi Outli.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid