Jahon | 21:00 / 18.06.2018
5492
1 daqiqa o‘qiladi

Seuldagi KOTFA 2018 ko‘rgazmasida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etildi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi delegatsiyasi "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi hamda xususiy sayyohlik kompaniyalari rahbarlari bilan hamkorlikda KOTFA 2018 turistik ko‘rgazmasida ishtirok etdi. Mazkur ko‘rgazma 14-17 iyun kunlari Seul shahrida bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi Qo‘mita matbuot xizmati.

O‘zbekistonning turistik salohiyatini namoyish etuvchi rang-barang va yorqin stend ko‘rgazmaga tashrif buyurganlarning e'tiborini jalb qildi. Ta'kidlash joizki, ushbu ko‘rgazma tashkilotchisi Kotfa Co Ltd kompaniyasi rahbari boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston stendiga qiziqish bildirgan. 

Koreya Respublikasining 33 yillik tarixga ega jahon turistik yarmarkasi (KOTFA) mamlakatdagi eng yirik xalqaro yarmarka hisoblanadi. Unda 70 mamlakat o‘zining turistik resurslari va madaniyatlari targ‘iboti bilan ishtirok etadi.

Mavzuga oid