Özbekiston milliy qonunçiligi va xalqaro huquqda “majburiy mehnat” atamasi qanday izohlangan? Buning uçun belgilangan jarima va jazo nimalardan iborat? Uni aniqlaşda yordamçi indikatorlar bormi? Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyada bölib ötgan seminar-treningda ayni şu kabi savollarga javob berildi. 

ÖzKUF xodimi Xuşnudbek Xudayberdiyev “majburiy mehnat” tuşunçasining milliy qonunçilikdagi huquqiy izohiga töxtalar ekan, Özbekiston Konstitutsiyasining alohida bir moddasi bilan bu narsa taqiqlanganini bildirdi. 

“Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida quyidagi qoidalar belgilangan:

«Har bir şaxs mehnat qiliş, erkin kasb tanlaş, adolatli mehnat şaroitlarida işlaş va qonunda körsatilgan tartibda işsizlikdan himoyalaniş huquqiga egadir.

Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni ötaş tartibidan yoki qonunda körsatilgan boşqa hollardan taşqari majburiy mehnat taqiqlanadi”.

Qolaversa, Mehnat kodeksining 7-moddasiga binoan, biror-bir jazoni qöllaş bilan tahdid qiliş orqali (şu jumladan, mehnat intizomini saqlaş vositasi tariqasida) iş bajariş tuşuniladi.

Bundan taşqari, “Aholini iş bilan ta'minlaş töğrisida”gi Qonunning 2-moddasida:
 
“Majburiy mehnat, ya'ni biron-bir jazoni qöllaş bilan tahdid qiliş orqali iş bajarişga majburlaş taqiqlanadi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno”, - deyiladi.

Şu bilan birga, X.Xudayberdiyev qaysi holatlar qonunçilik böyiça majburiy mehnat sirasiga ham kirmasligini ma'lum qildi. Mehnat kodeksiga köra, quyidagi işlar majburiy mehnat hisoblanmaydi:

-  harbiy yoki muqobil xizmat töğrisidagi qonunlar asosida;
-  favqulodda holat yuz bergan şaroitlarda;
-  sudning qonuniy kuçga kirgan hukmiga binoan;
-  qonunda nazarda tutilgan boşqa hollarda bajarilişi lozim bölgan işlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi.