Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada boshqaruvni yo‘qotgan yuk mashinasi 7 kishining umriga zomin bo‘ldi
Meksikaning Chyapas shtatida yuk mashinasi kelib urilishi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, yana 12 inson jarohat oldi. Bu haqda mahalliy politsiya xabarida aytiladi.
Huquqni muhofaza qilish organlari ma'lumotiga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi transport vositasi ustidan nazoratni yo‘qotgan va Tustla-Guterres shahri yaqinida bir nechta mashinaga kelib urilib, taom sotiluvchi do‘konchalarni vayronaga aylantirgan, so‘ng to‘siq bilan to‘qnashgan.
Un tráiler, aparentemente sin frenos, embistió a un grupo de personas sobre la Carretera de La Pochota, en Tuxtla Gutiérrez. No se ha oficializado el número de heridos pic.twitter.com/sOKvD7BTnY
— REFORMACOM (@Reforma) June 20, 2018
Ta'kidlanishicha, jarohat olganlar orasida politsiyachilar va uch nafar yosh bola bor.
Yuk mashinasi haydovchisi YTHdan so‘ng qochib qolishga urindi, biroq uni qo‘lga olishgan. Haydovchi so‘zlariga ko‘ra, mashinaning tormoz tizimi ishdan chiqqan.
Ayni damda politsiya hodisa tafsilotlarini aniqlashtirish bilan band.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikada avtobus ishtirokidagi YTHda to‘qqiz kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:30 / 17.06.2026
Toshkentda Lacetti va BYD to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23 / 15.06.2026
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026