Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moliyaviy ahvol to‘g‘risidagi statistika hisobotiga qo‘shimchalar kiritildi
Foto: iStock
Davstatqo‘mning qarori (23.06.2018 yilda 2956-3-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) bilan uning yangi tahrirdagi shakli tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Norma.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgi davlat statistika hisoboti shakllari Davstatqo‘mning 19.12.2017 yildagi 2956-son qarori bilan tasdiqlangan.
Tijorat tashkilotlari (kichik korxona va mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari, banklar, sug‘urta tashkilotlaridan tashqari), ularning alohida bo‘linmalari (Davstatqo‘m tomonidan belgilangan ro‘yxat bo‘yicha) taqdim etadigan 1-moliya (oylik) shakliga qo‘shimchalar kiritildi. Shakl 4 bo‘limdan iborat: moliyaviy natijalar, debitorlik va kreditorlik qarzlari, O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar xo‘jalik yurituvchi sub'yektlari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar holati, ishlab chiqarish zaxiralari va tugallanmagan ishlab chiqarish.
Birinchidan, hisobot davriyligi o‘zgardi. Ilgari hisobot har chorakda berilgan bo‘lsa, endi uni har oyda taqdim etish kerak. Taqdim etish muddati avvalgidek qoldi – hisobot davridan keyingi oyning 18-sanasidan kechiktirmay.
Ikkinchidan, hisobotda aks ettiriladigan debitorlik va kreditorlik qarzlarining ro‘yxati kengaytirildi. Boshqalar qatori, endi tashkilotlar xorijiy davlatlar sudlarida va xalqaro arbitrajlarda nizolashilayotgan, shuningdek energiya resurslari uchun mavjud qarzlarni ko‘rsatishlari kerak.
Uchinchidan, ishlab chiqarish zaxiralari va tugallanmagan ishlab chiqarish to‘g‘risidagi bo‘limni to‘ldirish davriyligiga aniqlik kiritildi: birinchi yanvar, aprel, iyul, oktabrga (ya'ni har chorakda) to‘ldiriladi.
Hujjat 25.06.2018 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
14:31 / 13.03.2026
Statistika: iqtisodiyoti eng tez o‘sgan hududlar ro‘yxati
10:12 / 10.03.2026