Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent markazida O‘zbekistonning ulkan bayrog‘ini o‘rnatish taklifi berildi
Foto: KUN.UZ
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida poytaxt markazida O‘zbekistonning ulkan bayrog‘ini o‘rnatish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
“Bir millatni millat qiladigan, uning qaddini rostlaydigan, oriyati yuksakligini isbotlaydigan ramz bu – bayroqdir. Bayrog‘imiz har bir hilpiraganida go‘yoki O‘zbekning orini madh etadi. Bu oriyat bizga buyuk ajdodlarimizdan qolgan”, - deyiladi murojaatda.
Qayd etilishicha, shu sababdan Toshkent shahrining markazida baland bayroqni o‘rnatish zarur.
“Tokay bu bayrog‘imiz shaharning istalgan burchagidan ko‘rinib tursin, tashrif buyurgan turistlarni hayratga solsin. Bayrog‘imizni ko‘rgan har bir yosh vatanparvarlik ruhini his etsin, u bilan g‘ururlansin, faxrlansin. Jajji farzandlarimiz yoshligidan Vatanimiz bayrog‘iga o‘zgacha mehr bilan ulg‘aysin. Mazkur taklifning amalga oshirilishi xalqimiz g‘ururi va iftixorini yanada oshirib, uni yanada bahamjihat va ahil bo‘lib yashashga undashi shubhasiz.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Toshkent shahrining markazida yurtimizning ulkan bayrog‘ini o‘rnatishni taklif qilamiz”, - deyilgan matnda.
Avvalroq, qorako‘lchilik tarmog‘ini isloh qilish taklif etilgandi.
Mavzuga oid
11:36 / 25.03.2026
Nurafshon va Bektemirni bog‘lovchi tezyurar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
14:51 / 24.03.2026
Toshkentda kiberjinoyatlar jinoyatlarning yarmidan ko‘pini tashkil qildi
14:01 / 24.03.2026
Toshkentda YaHM o‘sishi bo‘yicha Mirobod yetakchi bo‘ldi
21:03 / 22.03.2026