YeI mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va harbiy xarajatlarni oshirishga qaror qildi
Yevropa ittifoqi AQShdan mustaqil harakat qilishi uchun, o‘z mudofaa qobiliyatini kuchaytirishi va harbiy xarajatlarini oshirishi kerak. Bu haqda Reuters YeI davlatlari qo‘shma bayonotiga asosan xabar bermoqda.
Bundan tashqari, Yevroittifoqqa a'zo mamlakatlar harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi yangi paktni ishlab chiqadi. Ta'kidlanishicha, paktni tayyorlash haqidagi qaror davlatlar yetakchilarining NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan uchrashuvidan so‘ng qabul qilindi. Harbiy xarajatlarni oshirish mo‘ljallanmoqda.
«Ittifoq Yevropa mudofaa qobiliyatini bu sohaga sarmoyalarni oshirish, quvvatlar va tezkor tayyorgarlikni kuchaytirish yo‘li bilan mustahkamlash bo‘yicha qadamlarni qo‘ymoqda. Bu tashabbuslar uning strategik mustaqilligini kengaytirib, NATO faoliyatiga qo‘shimcha bo‘ladi hamda oshiradi», - deyiladi deklaratsiyada.
Xabar qilinishicha, Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Yevropa xavfsizligi bo‘yicha tashvish bildirgan hamda davlatlar maxsus xizmatlariga ma'lumotlarni almashish taklifi bilan chiqqan, biroq, ta'kidlanishicha, Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan tashqari holatda uning a'zolari bilan hamkorligi mexanizmi noaniq bo‘lib qolyapti.
Avvalroq, Yevroittifoq Rossiyani MH17 halokati uchun javobgarlikni tan olishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
08:35 / 12.11.2024
Yevroittifoq Rossiyaning soyadagi flotiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:57 / 11.11.2024
Germaniya TIV rahbari mudofaa xarajatlarini oshirishga chaqirdi
12:50 / 02.11.2024
Lavrov Ukrainada urush boshlanganidan beri ilk bor Yevroittifoqqa boradi
21:49 / 31.10.2024