Yevroittifoq Rossiyani 2014 yilda Ukraina osmonida qulagan Malayziyaning MH17 reysidagi Boeing samolyoti halokati uçun javobgarlikni tan olişga çaqirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, Yevropa kengaşi BMT Xavfsizlik kengaşining MH17 reysi halokati böyiça 2166-sonli rezolyutsiyasini butunlay qöllab-quvvatladi.

«U (Yevropa kengaşi) Rossiya Federatsiyasini öz javobgarligini tan oliş va haqiqat, adolatni örnatiş böyiça barça sa'y-harakatlarni köriş hisobidan töla hamkorlik qilişga çaqiradi», - deyiladi bayonot matnida.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Gaagadagi elçixonasi yonida 298ta böş kursi örnatib qöyilgani xabar berilgandi.