Texnologiya | 21:16 / 29.06.2018
12309
1 daqiqa o‘qiladi

Nosoz raketa nemis fregatiga o‘t ketishiga sabab bo‘ldi (video)

21 iyunda nemis harbiy dengizchilarining mashg‘ulotlari vaqtida fregatda yong‘in chiqdi. Bunga esa raketa bo‘limidagi nosozlik sabab bo‘lgan. Oqibatda 2 kishi jarohat olgan.
 

Ushbu voqea F124 Sachsen turidagi fregat bilan Norvegiya sohillari yaqinida yuz bergan.

SM-2 zenit raketasi noma'lum sababga ko‘ra pusk qurilmasida yonib ketgan. Biroq baxtli tasodif snaryadning jangovar qismi detonatsiya qilmagan va yong‘in tezda bartaraf etilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid