Bu haqda eronlik jurnalistlar ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan Tasnim axborot agentligi siyosiy bölimi boşliği Mahdi Baxtiyoriy tvitterda xabar qilgan.
Voqea Ummon körfazida yuz bergan. Uning davomida Jamaran fregati Eron flotiga qaraşli boşqa bir kema - Konarak’ga kemalarga qarşi raketa bilan şikast yetkazgan va natijada u çökib ketgan. Boşqa xabarlarga köra, şikastlangan kema Çoboxar portiga tortib olib ketilgan. Şuningdek, 20 dan 40 gaça kişi halok bölgani, önlab odamlar jarohat olgani ma'lum qilinmoqda. Biroq voqeaning rasmiy tasdiği hozirça yöq.
Ma'lum qilinişiça, Jamaran fregati 2010 yilda safga kiritilgan va Eron flotida eng zamonaviy harbiy kemalardan biri hisoblanadi. U Xitoyda işlab çiqarilgan kemalarga qarşi raketalar, torpedolar hamda boşqa qurollar bilan qurollangan. Kema ekipaji 140 kişini taşkil qiladi.
Rossiyalik mutaxassis Ilya Kramnikning “Kommersant” naşriga tuşuntirişiça, Konarak otiş maşqlari uçun nişonlar örnatgan bölişi, biroq natijada raketa yirikroq yoki harakatlanayotgan nişonni, ya'ni kemani möljalga olib, unga tekkan bölişi mumkin. Mutaxassisning ta'kidlaşiça, fregat Xitoyda işlab çiqarilgan S-802 raketasi yoki uning Eronda işlab çiqarilgan “kloni” Noor raketasi bilan qurollangan bölişi mumkin.

















