Innovatsion faoliyatni rağbatlantirişda soliq imtiyozlarining roli Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018 yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili” deb e'lon qilinişi, hamda mazkur yilga bağişlangan alohida dasturning qabul qilinişi bilan mamlakatimizda innovatsion faoliyatni rivojlantiriş yölida katta işlar boşlandi. 

Xorijning ilğor va iqtisodiy rivojlangan davlatlar tajribasini örganadigan bölsak, ular taraqqiyotining asosi innovatsion faoliyatga, tadqiqot va işlanmalar (Research and Development) bilan şuğullaniş va ularni tijoratlaştirişni rağbatlantirişga alohida e'tibor berilganida ekanligini körişimiz mumkin. Davlat tomonidan innovatsion faoliyatni rağbatlantiriş bevosita moliyaviy kömak beriş  va soliq imtiyozlari şaklida ekanini körişimiz mumkin. Olimlarning fikrlariga köra, innovatsion faoliyatni qöllab-quvvatlaşda soliq preferensiyalari va imtiyozlari orqali rağbatlantirişning ahamiyati bevosita moliyalaştirişdan köra muhimroq. Negaki, mazkur rağbatlantiriş uzoq muddatli xarakterga ega böladi, hamda ular nafaqat innovatsion sektorni, balki boşqa işlab çiqarişlarni intensiv rivojlanişi uçun şart-şaroit yaratadi va butun milliy iqtisodiyotni ösişini ta'minlaydi.

Innovatsion faoliyatni soliq imtiyozlari orqali rağbatlantirişni Xitoy Xalq Respublikasi tajribasida köradigan bölsak, amaldagi qonunçilik innovatsion faoliyat bilan şuğullanuvçi korxonalar uçun soliq solinadigan daromadga nisbatan turli çegirmalar taqdim etadi. Bunda mamlakat innovatsion faoliyat olib borayotgan korxonalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida, yuqori va yangi texnologiyali korxonalar (High and New Technology Enterprises (HNTE)) dasturini amalga oşirmoqda. Ilmiy-tadqiqot va işlanmalar böyiça qonunda belgilangan preferensiyalarga ega böliş uçun, korxona yuqori va yangi texnologiyali maqomiga ega bölişi kerak. XXR “Korxonalardan olinadigan foyda soliği töğrisida”gi qonuni (Corporate Income Tax Law of China) 28-moddasiga asosan, yuqori va yangi texnologiyali korxonalarga foyda soliği qonunçilikda belgilangan stavkadan 15% kam miqdorda belgilanadi.

Innovatsion faoliyatni soliqlar orqali rağbatlantirişda Yaponiya davlati katta tajribaga ega bölib, mazkur faoliyatga 1952 yildan e'tibor berib kelingan. Yaponiyada asosan, ilmiy jihozlarga tezlaştirilgan amortizatsiyalaş tizimi, çet el texnologiyalarini xarid qiliş uçun maxsus imtiyozlar, ilmiy-tadqiqot xarajatlari uçun maxsus çegirmalar körinişida taqdim etilgan. Ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalarga bölgan maxsus e'tibor tufayli, Yaponiya bugunga kelib dunyoning sanoati rivojlangan davlatlaridan biriga aylangan. Yaponiyaning Global innovatsiya indeksida 14-örinni egallaşi ham bejizga emas. 

MDH davlatlaridan Belarus Respublikasida innovatsion faoliyatga alohida e'tibor berib kelinmoqda. Bu mamlakatda innovatsion faoliyat sub'yektlari uçun turli soliq imtiyozlari belgilangan. Masalan,  innovatsion tovarlar va yuqori texnologiyali tovarlar realizatsiyasidan olingan foyda yuridik şaxslar uçun olinadigan foyda soliğidan ozod etilgan. Şuningdek, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutuği, integral mikrosxemalari topologiyasi, işlab çiqariş sirlariga (nou-xau) bölgan mulkiy huquqlar realizatsiyasi böyiça aylanmalar qöşilgan qiymat soliğidan (QQS) ozod qilingan.