Parrandaçilik böyiça imtiyozlar
2021 yil 1 iyuldan boşlab 2024 yil 1 iyulga qadar asosiy faoliyat turi parrandaçilik bölgan tadbirkorlik sub'yektlari uçun:
- foyda soliği (tijorat banklarida joylaştirilgan mablağlardan olingan foizlardan taşqari);
- mol-mulk soliği;
- yer soliği;
- suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qöllanadi.
2022 yil 1 iyulga qadar tuxum, parranda göşti va mahsulotlarini eksport qiluvçi hamda soya donini import qiluvçi tadbirkorlik sub'yektlari (ularning vakolatli vakillari)ga avtomobil, temir yöl va havo transportida taşiş xarajatlarining 50 foizigaça miqdorida kompensatsiya qilişga subsidiyalar taqdim etiladi.
Oilaviy nodavlat maktabgaça ta'lim
Oilaviy nodavlat maktabgaça ta'lim taşkilotlari tarmoğini kengaytiriş va ularning rivojlanişi uçun 1 iyuldan:
- taşkilotning mavjud quvvatiga qarab 50 nafargaça bolani tarbiyalaşga, tarbiyalanuvçilar sonidan kelib çiqib, 4 nafargaça tarbiyaçi va yordamçilarni yollaşga ruxsat beriladi;
- oilaviy nodavlat maktabgaça ta'lim taşkilotlari tomonidan yollangan (Toşkent şahri, Nukus şahri va viloyatlar markazlarida — 2 nafargaça, boşqa hududlarda — 4 nafargaça) tarbiyaçi va yordamçilarga tegişli toifa böyiça qisqa muddatli yoki 9 soatlik davlat maktabgaça ta'lim taşkilotlari uçun belgilangan mehnatga haq tölaş şartlarida va hajmlarida davlat budjeti mablağlari hisobidan iş haqi tölanadi;
- oilaviy nodavlat maktabgaça ta'lim taşkilotlari hududiy maktabgaça ta'lim boşqarmalari orqali öquv materiallari bilan bepul ta'minlanadi.
2022 yil 1 yanvarga qadar AK «Xalq banki» tomonidan oilaviy nodavlat maktabgaça ta'lim taşkilotlariga mebel, jihoz va asbob-uskunalarni sotib oliş uçun 30 million sömgaça 5 foizli kreditlar ajratiladi.
Tumanlarning ma'muriy markazlaridan taşqari joylarda yangi taşkil etiladigan oilaviy nodavlat maktabgaça ta'lim taşkilotlariga Maktabgaça ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan jihozlaş me'yorlariga muvofiq mebel, jihoz va asbob-uskunalarni sotib oliş uçun Davlat budjeti mablağlari hisobidan 30 million sömgaça miqdorda subsidiyalar ajratiladi.










