Xususan, murojaat qilganlardan biri singlisi va kuyovi karantinga olingani munosabati bilan ularning 7 yoşli 10 yoşli farzandlarini parvariş qilayotgani, şu tufayli işga çiqolmayotganini aytib, özi uçun mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilişi imkoniyati haqida söragan.

«Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirining 2020 yil 11 maydagi «Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini beriş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga özgartirişlar kiritiş haqida»gi 117-son buyruği qabul qilingan.

Mazkur buyruqqa köra uy şaroitida karantinga olingan şaxslarga hamda karantinga olingan şaxslarning 14 yoşgaça bölgan bolasini parvariş qilayotgan şaxslarga mehnatga layoqatsizlik varaqasi karantinda bölgan töliq kunlariga ularning yaşaş joyidagi poliklinika tomonidan beriladi», dedi vazirlik rasmiysi bu savolga javoban.

Şuningdek, öz uyini boşqa şaxsga uzoq muddatga ijara şartnomasi tuzgan holda ijaraga bergan va soliqlarni öz vaqtida tölab kelişi, karantin munosabati bilan ijaradagi şaxs öz qişloğidagi uyiga ketişga majbur bölgani, hozirda uyi böş turgani va ijara tölovi olmayotganini aytib bu holatda unga nisbatan qanday soliq imtiyozlari mavjudligi haqida savol berilgan.

«Karantin davrida aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga qator imtiyozlar berilmoqda. Prezidentimizning joriy yil 20 iyulda qabul qilingan «Koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytiriş uçun aholi, tadbirkorlik sub'yektlari, umumiy ovqatlaniş, savdo va xizmatlar sohasini qöllab-quvvatlaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida» PF–6029-son Farmoni qabul qilingan.

Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 iyuldan 2020 yil 31 dekabrga qadar jismoniy şaxslar köçmas mulkni ijaraga berişdan olingan daromadlar böyiça jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği tölaşdan ozod etilgan», deya javob qaytargan Sevara Örinboyeva.

Brifing davomida heç qayerda işlamaydigan, moddiy ahvoli oğir bölgan şaxsga qonunçilikda işsizlarga nafaqa tölaş tartibi töğrisida ma'lumot berilgan.

«Mehnat kodeksiga köra işsizlik nafaqasi işsiz deb e'tirof etilgan şaxsga u iş qidirayotgan şaxs sifatida mahalliy mehnat organida röyxatdan ötgan kundan e'tiboran tayinlanadi. Qaramoğida 3 nafargaça kişi bölgan, 35 yoşga tölmagan işsiz erkakka işsizlik nafaqasi u haq tölanadigan jamoat işlarida Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda iştirok etgan taqdirda tayinlanadi. Işsiz şaxsning nafaqa oliş huquqi u iş qidirayotgan şaxs sifatida röyxatdan ötgan paytdan boşlab keçi bilan ön birinçi kundan e'tiboran kuçga kiradi», degan vazirlik matbuot kotibi.