Jahon | 12:15 / 04.07.2018
8769
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadada havo isib ketishi oqibatida olti kishi hayotdan ko‘z yumdi

Foto: THE CANADIAN PRESS/Christopher Katsarov

Kanadaning Monreal shahrida havo harorati ko‘tarilib ketishi sababli olti kishi vafot etdi. Bu haqda CTV News telekanaliga tayanib RT xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, shaharda havo harorati 35 darajaga yetgan va tez yordam xizmatiga qo‘ng‘iroqlar soni keskin oshgan. 

Mazkur holatdan so‘ng hukumat tezkor choralar qabul qilmoqda, jumladan, aholiga salqin joylarda bo‘lish taklif qilinmoqda.

Telekanalning ma'lumot berishicha, Monrealda 2010 yildan beri issiq havodan 106 kishi halok bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid