O‘zbekiston | 23:36 / 06.07.2018
14844
5 daqiqa o‘qiladi

Mediatsiya - huquqiy bahs-munozaralarni o‘zaro kelishuv asosida va samarali hal qilish yo‘li

Foto: getty Images

O‘zbekiston Respublikasining "Mediatsiya to‘g‘risida"gi qonuni 2018 yilning 12 iyunida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi va shu yilning 12 iyunida Senat tomonidan ma'qullandi. Mazkur hujjat mediatsiya sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Mediatsiya fuqarolarning huquqiy munosabatlaridagi bahs-munozaralarda, individual mehnat munozaralari va oiladagi huquqiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanadi. Qonun 2019 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi.

Xo‘sh, mediatsiya nima va nima uchun uni "yumshoq huquq" elementi deb atashadi?

Tarixga nazar. Qonunni rivojlantirish tarixida Vavilon, Qadimiy Gretsiya va Qadimiy Rimda mediatsiyani qo‘llash qayd etilgan. Rim huquqida Yustinian kodeksidan boshlab (miloddan avvalgi VI asr) bahs-munozaralarni hal qilish uchun vositachilik tan olingan. Mediatsiya texnologiyasi asosan savdoda qo‘llanilgan. Rimliklar bahs-munozaralarni hal qiluvchi mutaxassislarni «medium»-«vositachi» so‘zi bilan ifodalashgan. Vositachilarga alohida hurmat bilan munosabatda bo‘lishgan. Ularni dohiylar va ruhoniylar bilan bir qatorga qo‘yishgan. Zamonaviy tushunchalarda mediatsiya XX asrning ikkinchi yarmida AQSh, Avstraliya va Buyuk Britaniyada rivojlana boshlagan. Yevropada mediatorlar oilaviy munozaralarni hal qilishga jalb qilingan.

Mediatsiya nima? Umuman olganda, mediatsiya - bahs-munozaralarni uchinchi betaraf tomon ishtirokida tartibga solishga doir huquqiy texnologiya. Ushbu yo‘nalish o‘zining ma'lum bir shartlari va tamoyillariga ega. Masalan:

  • tomonlarning teng huquqliligi;
  • ixtiyoriylik;
  • o‘zaro hurmat;
  • konfidentsiallik;
  • jarayonning shaffofliligi;
  • mediatorning xolisligi.

Mediatsiya qachon qo‘llaniladi? Mediatsiya suddan tashqari tartibda, bahs-munozarani sud tartibida ko‘rib chiqish jarayonida, sudning qaror chiqarish uchun zalni tark etishidan oldin. Agar gap Hakamlik sudi haqida ketayotgan bo‘lsa, shakl xuddi shunday bo‘ladi. Yodingizda bo‘lsin: mediatsiyada ishtirok etish fakti aybga iqror bo‘lishning isboti hisoblanmaydi!

Mediatsiya ishtirokchilari. Jarayon ishtirokchilari - tomonlar va mediator. Tomonlar shuningdek ham jismoniy, ham yuridik shaxslar bo‘lishi mumkin. Tomonlar ham mediatorlar kabi ikki nafar va undan ko‘p bo‘lishi mumkin.

Mediator kim? Mediator ikki tomonidan bahs-munozarani tartibga solish uchun jalb qilinuvchi shaxs. Jarayonni o‘tkazishda vositachi mustaqil va xolis bo‘ladi. Vositachining ishi tomonlar manfaatiga qarab olib boriladi. Vositachilar ikki toifaga bo‘linadi:

  • professional vositachilar - O‘zbekiston Adliya vazirligi dasturi bo‘yicha ta'lim kursini o‘tovchi shaxslar;
  • noprofessional vositachilar - 25 yoshdan oshgan, mediator bo‘lish istagini bildirgan shaxslar (ular xohishlariga ko‘ra Adliya vazirligi qoshida maxsus ta'lim kursini o‘tashlari mumkin).

Professional mediatorni qanday topish mumkin? Agar sizga professional vositachi kerak bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti yoki  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi va viloyatlar hamda Toshkent shahrining adliya boshqarmalari saytlariga kirishingiz mumkin. U yerda professional vositachilar reyestri taqdim etilgan. Reyestrda mediatorning ismi va familiyasi, kontaktlari, mediatsiya sohasi va vositachining jarayonni olib borish tiliga doir ma'lumotlar ko‘rsatilgan.

Mediator xizmatlari uchun qanday hisoblashiladi? Ta'kidlash joizki, noprofessional vositachilar faoliyati beminnat olib boriladi, professional vositachilar faoliyati esa - to‘lov asosida yoki beminnat. Agar noprofessional mutaxassis ishlayotgan bo‘lsa, u holda uning jarayon o‘tuvchi joyga kelish va ketish, yashash hamda ovqatlanish xarajatlari qoplanishi mumkin. Kim va qancha to‘lashi tomonlar kelishuviga bog‘liq. Odatda xarajatlar tomonlar orasida teng ikkiga bo‘linadi. Agar mediator jarayonni o‘tkazishdan voz kechsa, u dastlabki to‘langan pul vositalarini qaytarishga majbur.

Mediatsiya jarayoni qancha vaqt oladi? Qonunga muvofiq jarayon 30 kundan ortiq davom etmaydi. Biroq zarurat tug‘ilganda tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida muddatni yana 1 kundan 30 kungacha uzaytirish mumkin.

Mediatsiyaning ijobiy va salbiy tomonlari. Jarayon - mutlaqo ixtiyoriy va kelishuv asosida. Tomonlar vositachi yordamida barchasining "+" va "-"larini o‘ylab ko‘rish imkoniga ega bo‘lishadi. Siz o‘zingiz istagan natijaga sud ovoragarchiliklarisiz erishishingiz mumkin. Ushbu texnologiya deyarli salbiy jihatlarga ega emas. Mediatsiyani an'anaviy sud jarayoniga taqqoslash mumkin, unda ham qaysi tomonning huquqiy dalili ko‘proq va ishonchli bo‘lsa, mediator o‘sha tomonni g‘olib deb e'lon qiladi.

Natasha Kucheryavaya
KUN.UZ jurnalisti

Mavzuga oid