Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ön beşinçi yalpi majlisida bir qator qonunlar ma'qullandi. Senat tomonidan ma'qullangan qonunlardan biri bu “Mediatsiya töğrisida”gi qonundir, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Savol tuğiladi: mediatsiya özi nima?
Kelib çiqqan nizoni taraflarning özaro maqbul qarorga erişiş maqsadidagi ixtiyoriy roziligi asosida uçinçi şaxs kömagida hal qiliş usuli mediatsiya hisoblanadi.
Qonunning maqsadi ham Özbekistonda nizolarni tartibga solişning muqobil usullarini rivojlantiriş uçun huquqiy şart-şaroitlar yaratişdan, Özbekiston Respublikasining sud tizimiga tuşadigan iş hajmini kamaytirişdan iborat.
Uşbu Qonunning amal qilişi:
• fuqarolik huquqiy munosabatlardan, şu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş munosabati bilan kelib çiqadigan nizolarga;
• yakka mehnat nizolariga;
• oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib çiqadigan nizolarga mediatsiyani qöllaş bilan boğliq munosabatlarga nisbatan, agar qonunda boşqaça qoida nazarda tutilmagan bölsa, tatbiq etiladi.
Ta'kidlaş lozimki, uşbu Qonunning amal qilişi mediatsiyada iştirok etmayotgan uçinçi şaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamoat manfaatlariga daxl qiladigan yoki daxl qilişi mumkin bölgan nizolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat.
Qonunda mediatsiya, mediator, mediativ kelişuv, mediatsiya tartib-taomilini amalga oşiriş töğrisidagi kelişuv, mediatsiyani qöllaş töğrisidagi kelişuv kabi asosiy tuşunçalar oçib berilgan.
Qonunga muvofiq mediatsiya maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga oşirilişi nazarda tutilgan.
Qonunda belgilanişiça jismoniy şaxslar ham, yuridik şaxslar ham mediatsiya taraflari bölişi mumkin. Taraflar mediatsiyada şaxsan yoki öz vakili orqali qonun hujjatlariga muvofiq iştirok etadi.
Mediatorning faoliyati professional yoki noprofessional asosda amalga oşirilişi mumkin.
Professional asosdagi mediator faoliyatini Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlaş dasturi böyiça maxsus öquv kursidan ötgan, şuningdek Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan şaxs amalga oşirişi mumkin.

















