Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning shaxsiy telefon orqali suhbatlashishi qanday oqibatlarga olib kelishi ma'lum qilindi
Foto: Reuters / Carlos Barria
AQSh prezidenti Donald Tramp xorijiy hamkasblariga o‘z shaxsiy mobil telefoni raqamini berib, rasmiy aloqa kanallari orqali emas, balki shaxsiy telefoni orqali ular bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Oq uydagi manbalarga iqtibos keltirgan holda The Washington Post nashri yozmoqda.
Qoidaga ko‘ra, AQSh prezidentining xorijiy yetakchilarga qo‘ng‘iroqlari odatda oldindan rejalashtiriladi, ularning ssenariysi tuziladi, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi kabi yuqori lavozimdagi amaldorlar bilan maslahatlashuv o‘tkaziladi. AQSh ma'muriyatining maslahatchilari va xodimlari suhbat chog‘ida kerakli ma'lumotni berib turish uchun prezident yonida bo‘ladilar.
So‘ngra suhbat rasshifrovka qilinib, u haqida bayonot beriladi.
Nashrning yozishicha, Tramp bu qoidalarni inobatga olmay, telefoni orqali bevosita suhbat qilishi mumkin. Yana qiziq jihati, bu holda suhbat haqida matbuot uchun hisobotni Trampning xotiralari asosida yozishga to‘g‘ri keladi. Misol uchun, aprelda Oq uyning Trampning Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan suhbatlashganidan bexabar bo‘lgan xodimlari kanadalik amaldorlar suhbat rezyumesini e'lon qilganlaridan keyin hayratga tushganlar.
“Biz nima yuz berganidan umuman bexabar edik”, deb eslab o‘tgan amerikalik amaldorlardan biri.
O‘sha suhbat chog‘ida Tryudo Tramp va uning ma'muriyatining Kanada va AQSh o‘rtasida savdo disbalansi mavjudligi haqidagi bayonotlariga e'tiroz bildirgan.
Shu voqeadan keyin amerikalik amaldorlar Tramp qoidalarga amal qilishini va xorijiy yetakchilar bilan barcha telefon orqali suhbatlarni maxsus xonada va ovoz yozuvchi qurilmalar qo‘llangan holda o‘tkazishini talab qila boshlashgan.
Mavzuga oid
09:10 / 09.04.2026
AQSh NATOdagi a’zoligini qayta ko‘rib chiqishi mumkin
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
16:23 / 15.11.2025