Jahon | 22:36 / 11.07.2018
17311
2 daqiqa o‘qiladi

Makron Tramp oldida Merkelning tarafini oldi

Foto: Reuters

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Donald Trampning Germaniya Rossiyaga tobe ekanligi haqidagi fikriga qo‘shilmadi. U bu haqda Bryusselda bo‘lib o‘tayotgan NATO sammiti doirasida bayon qildi, deb yozadi RIA Novosti.

Avvalroq, Amerika yetakchisi Berlin gaz yetkazish orqali Moskva tomonidan nazorat qilinishini aytgandi. Tramp Germaniya Rossiya gazi uchun milliardlar to‘lab, “Shimoliy oqim-2”ni qurishni mo‘ljallagan bir paytda AQSh uni NATO bo‘yicha ittifoqdosh sifatida himoya qilishini aslo yoqlamaydi. 

“Shimoliy oqim-2” loyihasi Boltiq dengizi orqali Rossiyadan Germaniyagacha yiliga 55 milliard kubometr gaz yetkazuvchi quvur yotqizilishini ko‘zda tutadi.

Nord Stream 2 kompaniyasi Germaniya, Finlyandiya va Shvetsiyadan qurilish uchun ruxsat olgan, ammo Daniya hozircha rozilik bergani yo‘q.

“Shimoliy oqim-2”ga, birinchi navbatda, Ukraina qarshi chiqmoqda. Shuningdek, Latviya, Litva va Polsha ham bu qurilishni ma'qullamayapti.

Mavzuga oid