O‘zbekiston | 19:47 / 11.07.2018
3834
2 daqiqa o‘qiladi

TIVda Sloveniya va AQSh elchilari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

Foto: TIV axborot xizmati

2018 yilning 11 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida ikki davlat elchilari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov dastlab Sloveniya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Primoj Sheligo bilan uchrashdi. Suhbat davomida turli sohalarda va «O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi» shaklida ikki tomonlama aloqalar holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralarda vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar 1999-yildan buyon tashkillashtirilmaganligi va ushbu shakldagi aloqalarni o‘tkazish amaliyotini qayta yo‘lga qo‘yishdan tomonlar manfaatdor ekanligi qayd etildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya kabi samarali institutlarni yaratish va ularning muntazam faoliyatini boshlash to‘g‘risida takliflar bildirildi.

O‘zbekistonda diplomatik missiyasi yakunlanayotganligi munosabati bilan Elchiga ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlanishiga qo‘shgan konstruktiv hissasi uchun minnatdorchilik bildirildi.

Shundan so‘ng Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlari favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.

Suhbat davomida O‘zbekiston-AQSh kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Mintaqa muammolarini muhokama qilish chog‘ida alohida e'tibor 2018-yil 27-mart kuni Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirishga qaratildi.

Mavzuga oid