Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istondagi YTHda besh kishi halok bo‘ldi
11 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal'a tumanida sodir bo‘lgan avtohalokat oqibatida besh kishi halok bo‘ldi va bir kishi jarohatlandi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Xabarda aytilishicha, “Bo‘ston-Beruniy-Cholish-Urganch” yo‘lining 3-kilometrida “Neksiya” rusumli avtomobil qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan “Kobalt” rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketgan.
Natijada har ikki avtomashina haydovchilari jarohat olib voqea joyida, uch nafar yo‘lovchi esa kasalxonada vafot etganlar. Shuningdek, “Neksiya” avtomashinasining yana bir nafar yo‘lovchisi kasalxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
09:44 / 19.04.2026
Jizzax viloyatida avtobus YTHga uchradi
20:10 / 18.04.2026
Buxoroda mast haydovchi YTH sodir etdi
19:00 / 16.04.2026
“Bir joyingga tiqib qo‘yaman hozir” - Toshkentda qoidabuzar haydovchi boshqa haydovchiga tahdid qildi
18:42 / 13.04.2026