“Zoti oliylari” Tramp Kim Chen Inning maktubini tvitterda namoyish qildi
Vashington va Pxenyan o‘rtasidagi munosabatlarning yanada yaxshilanishi AQSh va Shimoliy Koreya yetakchilarining yangi uchrashuviga turtki beradi. Bu haqda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning AQSh prezidenti Donald Trampga yozgan maktubida aytilgan.
6 iyul bilan sanalangan maktubning koreys va ingliz tillaridagi to‘liq matni Tramp tomonidan tvitterda joylashtirilgan. Unda Kim Chen In Trampga zoti oliylari deb murojaat qilgan.
“Siz zoti oliylari bilan birinchi uchrashuv va Singapurda 24 kun avval biz tomondan imzolangan ko‘shma bayonot haqiqatan ham muhim yo‘lning boshi bo‘ldi. Siz zoti oliylari tomonidan ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash maqsadida ko‘rilgan shijoatli noodatiy sa'y-harakatlarni va qo‘shma bayonotni vijdonan bajarishingizni yuqori baholayman”, deb aytilgan Kim Chen Inning Trampga maktubida.
“Men ishonamanki, KXDR va AQSh o‘rtasidagi yangi kelajakni yaratishga qaratilgan hamda men va siz zoti oliylari tomonimizdan namoyish qilingan kuchli iroda, samimiy sa'y-harakatlar va o‘ziga xos yondashuv shak-shubhasiz o‘z mevasini beradi. Umid qilamanki, siz zoti oliylariga qat'iy ishonch amaliy harakatlarni qo‘llash jarayonida mustahkamlanadi, men KXDR va AQSh munosabatlarini ilgari surishdagi muhim yuksalish bizning keyingi uchrashuvimizga olib keladi, deb ishonaman”, deb ta'kidlab o‘tgan maktubda Kim Chen In.
A very nice note from Chairman Kim of North Korea. Great progress being made! pic.twitter.com/6NI6AqL0xt
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) July 12, 2018
12 iyunda Singapurda Tramp va Kim Chen In o‘rtasida tarixiy uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Uning yakuniga ko‘ra qo‘shma bayonot qabul qilingan. Unda Pxenyan Koreya yarimorolini to‘liq yadrosizlantirishga tayyorligini e'lon qilgan, AQSh esa bunga javoban Shimoliy Koreyaga xavfsizlik kafolatini berishni o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
22:13 / 31.10.2024
Ukraina Kim Chen Inni hibsga olish orderi bo‘yicha XJSga murojaat qiladi
21:26 / 29.10.2024
KXDR rahbari Kim Chen Inning xavfsizligi kuchaytirildi – OAV
23:22 / 17.10.2024
Shimoliy Koreyada chuchxe kalendari bekor qilindi
21:47 / 06.10.2024