Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Air China aviakompaniyasi parvoz vaqtida sigaret chekkan uchuvchini ishdan bo‘shatadi
Air China aviakompaniyasi ekipaj kabinasida elektron sigaret chekib xatoga yo‘l qo‘ygan va samolyotning keskin pastga sho‘ng‘ib ketishiga sababchi bo‘lgan uchuvchini sheriklari bilan ishdan bo‘shatadi, deb xabar berdi South China Morning Post.
"Hodisani tekshirish uchun o‘tkazilgan surishtiruv ishlaridan so‘ng ekipajni parvozlardan chetlatish va qonunga muvofiq ravishda shartnomalarni bekor qilish haqida qaror qabul qilindi. Hodisaga javobgar ekipaj a'zolariga jiddiy chora ko‘rildi", — deya iqtibos keltiradi nashr aviakompaniya bayonotidan.
Surishtiruv ishlarini olib borgan Xitoy fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi dastlabki tekshiruvga ko‘ra ikkinchi uchuvchi birinchisiga hech nima demasdan elektron sigaret tutuni samolyot saloniga bormasligi uchun kabinadagi ventilyatorni o‘chirmoqchi bo‘lganligini ma'lum qildi. U buning o‘rniga havo konditsioner tizimi tugmasini bosib yuborgan va oqibatda uchuvchilar kabinasida kislorod juda ham kam qolgan.
Avvalroq Xitoy OAV 10 iyul kuni Gonkongdan Dalyanga parvoz qilayotgan Boeing 737 samolyoti 10 daqiqa ichida birdaniga 25 ming funt balandlikni yo‘qotganini xabar qilgandi. FlightRadar24 ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot Gonkongdan havoga ko‘tarilganidan taxminan 1,5 soat o‘tib balandlikni keskin yo‘qota boshlagan. OAVning bildirishicha, ekipaj ovoz kuchaytirgich orqali samolyot salon germetizatsiyasi yo‘qolgani sababli keskin pastlaganini ma'lum qilgan.
Samolyot parvozda davom etgan va manzilga xavfsiz ravishda qo‘ngan. Matbuotda germetizatsiya izdan chiqishiga uchuvchilar kabinasida chekish natijasida paydo bo‘lgan tutun sababchi bo‘lganligi haqida xabarlar chop etilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, samolyotga shikast yetmagan.
Mavzuga oid
12:48 / 11.04.2026
Uchuvchi Eron tog‘larida: «Trampni qutqarish» operatsiyasi haqida
20:10 / 06.04.2026
Polkovnikni qutqarish. Amerikalik uchuvchini Erondan olib chiqish amaliyoti tafsilotlari
20:19 / 19.07.2025
Air China O‘zbekistonga birinchi parvozni amalga oshirdi
14:34 / 02.07.2025