Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tusk Trampning Ukrainaga nisbatan munosabatini oshkor qildi
Kevin Lamarque/Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp Yevrokengash rahbari Donald Tuskka Rossiyaning Ukrainaga nisbatan siyosati sabablariga qiziqishini, Ukrainga nisbatan esa unchalik xayrixoh emasligini aytgan. Bu haqda Yevrokengash rahbari Polshaning TVN24 telekanalida ma'lum qilgan.
«Prezident Tramp men bilan uchrashuvlarda bir necha marta Ukrainaga nisbatan unchalik xayrixoh emasligini va Rossiya Ukrainada nima qilganini tushunishini aytgan», — dedi Tusk.
OAV iyun oyida bo‘lib o‘tgan «Katta yettilik» sammitida Tramp Qrim Rossiyaga tegishli ekanligini, chunki u yerda rus tilida so‘zlashuvchilar yashashini aytganligini yozgandi. Bundan tashqari, Oq uy rahbari Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatish maqsadga muvofiq emasligini, chunki «Ukraina — dunyodagi eng korrupsiyalashgan mamlakatlardan biri» ekanligini aytgan.
Mavzuga oid
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi
22:47 / 10.08.2020
Tramp Portlendga milliy gvardiya kuchlarini kiritishga chaqirdi
03:48 / 10.08.2020