Tojikistonda ham o‘sha muammo: vazir piyoz narxi nega tushib ketganini aytdi
Tojikiston qishloq xo‘jalik vaziri Izattulo Sattoriy mamlakatda piyoz narxi tushib ketishi sababini izohladi, ammo bu ekinni ekkan fermerlar inqirozga uchragani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda Tojikiston OAVida yozilgan.
16 iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Tojikiston qishloq xo‘jaligi vaziri Izattulo Sattoriy «piyozning bozordagi hozirgi narxi - bir kilosi 60-80 dirham – yetishtiruvchi uchun ham, xaridor uchun ham me'yordagi narx hisoblanishini aytdi.
«Albatta, bu oldingi yillardagiga nisbatan past narx, ammo dehqonlar katta zarar ko‘rgani yo‘q. Piyoz yetishtirishning o‘sishi u ekiladigan maydonlar kengayishi hisobiga emas, balki uning hosili mo‘l bo‘lgani hisobiga ortib ketdi», - dedi u.
Vazir shuningdek piyoz eksporti ham o‘sganligini ma'lum qildi.
«Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, Tojikiston 2018 yilning birinchi yarmida 72 ming tonnaga yaqin piyoz eksport qilgan, bu o‘tgan yilgiga nisbatan 18,4 ming tonnaga ko‘pdir. Piyoz zaxirasi uning eksportini 100 ming tonnagacha yetkazishga imkon beradi», - degan vazir.
Avvalroq «O‘zagroeksport» AJ tannarxi 590 so‘m bo‘lgan 1 kilo piyozni Surxondaryo viloyatidagi dehqon va fermer xo‘jaliklaridan 1 kilosini 1200 so‘mdan xarid qilib olishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024