Jahon | 19:30 / 19.07.2018
6002
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston bosh vaziri korrupsiyada ayblangan Bishkek merini iste'foga chiqardi

Foto: kyrtag.kg

Qirg‘iziston bosh vaziri Muhammadkali Abilgaziyev milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan Bishkek meri Albek Ibraimovni vazifasidan ozod qildi, deb xabar berdi "Interfaks".

Agentlik suhbatdoshining aytishicha, Ibraimov Bishkek shahar kengashi unga bir ovozdan ishonchsizlik bildirgach lavozimidan bo‘shatilgan.

Mer payshanba kuni korrupsiya va mablag‘larni noo‘rin sarflashda gumonlanib hibsga olingandi.

Ibraimov sobiq prezident Almazbek Atambayev davrasidagi yaqin kishilardan bo‘lib, u Sooronbay Jeenbekov prezident etib saylanganidan so‘ng o‘z lavozimida qolgan so‘nggi mansabdor edi. U 2012-2013 yillarda prezident devoni rahbarining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, 2016 yil fevralda Bishkek meri etib saylangandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid