Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 4ta universal sport majmuasi quriladi
Bugun, 19 iyul kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda jamg‘arma ijrochi direktori vazifasini bajaruvchi Jamoliddin Xolboyev, shuningdek, uning o‘rinbosari Akmal Babanov ishtirok etdi, deya xabar beradi MOQ rasmiy sayti.

Anjumanda ma'lum qilinishicha, jamg‘arma hisobidan Andijon, Samarqand, Buxoro va Toshkentda universal sport majmualari barpo etiladi. Ushbu sport inshootlari 2018-2020 yillar davomida qurib, foydalanishga topshiriladi.
Shuningdek, O‘zbekistonda «Sport» erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilishi ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari sportchi va murabbiylarimizni qo‘llab-quvvatlash, sport sohasida yutuqqa erishgan hamyurtlarimizni taqdirlash va rag‘batlantirishga yo‘naltiriladi. Shu bilan birga, xorijda tadqiqot olib borayotgan mutaxassislarga pul ajratadi.

Anjumanda bolalar bog‘chalariga ham sport jihozlari olib berish rejasi ishlab chiqilgani ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, quriladigan sport inshootlari nomiga emas, sifatli va talabga javob beradigan bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:40 / 06.02.2026
MOQ raisi birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov nomidan feyk xabarlar yuborilayotgani aniqlandi
19:25 / 03.11.2025
Osiyo yoshlar o‘yinlarining sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlandi
19:19 / 23.08.2025
O‘zbekiston MOQ va futbol assotsiatsiyasi rahbariyati “Manchester Siti“ klubining infratuzilmasi bilan tanishishdi
10:24 / 31.08.2024