Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Skripallarni zaharlagan shaxslar aniqlangani haqidagi xabarni rad etdi
Buyuk Britaniya IIV boshlig‘i o‘rinbosari Ben Uolles politsiya Solsberida Rossiya razvedka boshqarmasi (GRU) sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlagan shaxslar aniqlangani haqidagi xabarni rad etdi.
«Bunday ma'lumotlar ustiga «asossiz axborot va chinqiriqli uydirma» deb yozilgan papka ichida turishi kerak, deb o‘ylayman», — deb yozdi u Twitter’da. Uolles Press Association’ning politsiya Skripallarni zaharlaganlarning shaxsi aniqlangani haqidagi xabarga shu tarzda javob qaytardi.
Avvalroq Rossiyaning Londondagi elchisi Buyuk Britaniya hukumatidan agarda gumondorlar bo‘lsa ularning nomlarini aytishni talab qilgandi.
Bungacha Britaniya nashrlarida politsiya Skripallarni zaharlagan shaxslarni aniqlagani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, Sergey Skripal va uning qizi Britaniyaning Solsberi shahrida shu yilning mart oyida behush holda topilgandi. Londonning ma'lumotlariga ko‘ra, ular Sovet ittifoqida ishlab chiqarilgan asabni falajlovchi «Novichok» moddasi bilan zaharlangan hamda bu ishda Rossiyaning qo‘li bo‘lgan. Rasmiy Moskva barcha ayblovlarni rad etib kelmoqda.
Iyun oyi oxirida esa Solsberiga qo‘shni bo‘lgan Eymsberi shahrida xuddi shunday zaharlanish alomatlari bilan bir erkak va ayol topilgan. Ayol 9 iyul kuni vafot etgan, erkak esa tuzalmoqda.
Mavzuga oid
14:33 / 22.09.2021
Skripallarning zaharlanishi. Britaniya yana bir gumonlanuvchiga ayblov e'lon qildi
08:30 / 15.06.2020
Skripallarni zaharlashda ishlatilgani aytilgan «Nukus zahri» chindan ham mavjudmi?
00:01 / 08.06.2020
Manba: Sergey Skripal va qizi boshqa ism bilan Yangi Zelandiyada yashamoqda
17:08 / 04.03.2019