Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada O‘zbekiston savdo uyi ochildi
UzFranceTrade savdo uyining asosiy vazifasi O‘zbekiston mahsulotlarining Fransiya va Yevropaning boshqa mamlakatlariga eksport qilinishini kuchaytirishdan iborat. Ushbu maqsadda mahalliy mahsulotlar namoyish etiladigan shou-rum muntazam faoliyat yuritishi ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekiston delegatsiyasi shuningdek, Fransiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston qishloq xo‘jalik va to‘qimachilik mahsulotlari eksportini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar tadbirkorlarni davlat darajasida qo‘llab-quvvatlash orqali hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishi oldilar.
Tadbir yakunida YeIga 1 million dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari hamda Fransiya bozoriga 100 tonna quritilgan mevalarning birinchi turkumini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.
Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
08:17 / 30.06.2026
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026