Jahon | 23:00 / 22.07.2018
5432
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Afrika davlatlari bo‘yicha turne amalga oshiradi

Foto: Anadolu Agency

Turkiya prezidenti Rajab Toyiib Erdo‘g‘an JARning Yoxannesburgida BRIKSga a'zo davlatlar rahbarlari va bosh vazirlari sammitida ishtirok etadi. Erdo‘g‘an sammitdan keyin Zambiyaga yo‘l oladi.

Erdo‘g‘anning matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, Turkiya prezidenti  27 iyulga belgilangan “BRIKS+” sessiyasida Islom hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi sifatida ishtirok etadi. Shu tariqa Anqara ushbu xalqaro tashkilot sammitida ilk bor taqdim qilinadi.

Erdo‘g‘an, shuningdek, Yoxannesburgda BRIKSga a'zo davlatlar rahbarlari va bosh vazirlari bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. 

BRIKS sammiti JARda 25-27 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. 28 iyulda esa Erdo‘g‘an Zambiyaga ilk rasmiy safarini amalga oshiradi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid