Walk Free notijorat taşkiloti qullikning turli şakllariga uçrayotgan odamlar böyiça ma'lumot taqdim qildi. Taşkilotning hisob-kitobiga köra, ayni vaqtda dunyoda bunday odamlar 40,3 mln nafarni taşkil qiladi.

Taşkilot zamonaviy qullik deganda “odam rad eta olmagan yoki zöravonlik, yöq qiliş, hukumatni suiiste'mol qiliş yoki aldov sababli keta olmaydigan ekspluatatsiya hodisalari”ni tuşunadi. Bu tuşunça majburiy mehnat, jinsiy ekspluatatsiya, bolalar mehnati, majburiy nikohni ham qamrab oladi. Tadqiqotda 167 ta davlat, notijorat taşkilotlar rasmiy ma'lumotlari va 71 mingdan köproq kişining sörov natijalaridan foydalanilgan. 

Ayni vaqtda qullarning 71 foizini ayollar va qizlar taşkil etadi. Ulardan 24,9 mlni tutqunlikda mehnat qilişga majburlar, 15,4 mlni majburiy nikoh qurgan. Oxirgi 5 yil içida 89 mln kişi bir neça kun, hafta yoki yillar davomida qullikning u yoki bu şakliga uçragan.

“Zamonaviy quldorlik – çegara, iqtisodiyot tarmoği va qonun bilmaydigan jinoyatdir. Bu katta kölamli va serdaromad jinoiy industriyadir”, deb ta'kidlab ötilgan xabarda. 

Ma'lum qilinişiça, qullik Şimoliy Koreyada eng keng tarqalgan bölib, mamlakatning 25 mlnlik aholisidan 2,64 mln nafari davlat tomonidan amalga oşiriluvçi majburiy mehnat bilan şuğullanadi.

Şimoliy Koreyadan taşqari, qullik eng keng tarqalgan davlatlar öntaligiga Eritreya (1000 kişiga 93 nafar qul), Burundi (39,95 kişi), MAR (22,25), Afğoniston (22,25), Mavritaniya (21,43), Janubiy Sudan (21,43), Pokiston (16,82), Kamboja (16,81) va Eron kiradi. 

Şuningdek, rivojlangan davlatlarda ham bu borada vaziyat maqtagulik emas. Buyuk Britaniya antireytingning 132-örnidan joy olgan bölib, qullar ming kişiga 2,08 kişini taşkil qiladi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga köra, Britaniyada 136 ming qul bor, bu esa mamlakat içki işlar vazirligining körsatkiçlaridan 10 barobar köproqdir.

AQŞ 158-öringa qöyilgan. Bu davlatda 403 ming kişi, ya'ni har 800-kişi qullikda yaşaydi. Rossiya antireytingda 64-örinni egallagan. Walk Free’ning baholaşiça, Rossiyada 794 ming qul bor.

Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, AQŞ, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Şvetsiya, Belgiya, Xorvatiya, Ispaniya, Norvegiya, Portugaliya va Çernogoriya qullik muammosini hal qiliş uçun boşqa davlatlardan köra köproq işni amalga oşirib kelmoqda.