Şimoliy Koreya yil boşidan beri Moskva tomonidan uruşda qatnaşayotganlarni kuçaytiriş uçun Rossiyaga yana 3000 askar yubordi. Bu haqda Janubiy Koreya Birlaşgan ştab boşliqlari qömitasi 27 mart, payşanba kuni ma’lum qildi.
Rossiyaga dastlab yuborilgan Şimoliy Koreyaning 11 ming askaridan 4 ming nafari halok bölgan yoki yaralangan, deb hisoblaydi Seul. Bundan taşqari, Pxenyan Moskvani raketalar, artilleriya va öq-dorilar bilan ta’minlaşda davom etmoqda. Hozirda Şimoliy Koreya Rossiyaga «katta miqdordagi qisqa masofali ballistik raketalar», şuningdek, granata otiş moslamalari va bir neçta raketa tizimlarini yetkazib bergani aniqlandi, deya qöşimça qildi Janubiy Koreya. Frontdagi vaziyatga qarab, bu raqam oşişi mumkin, deya ogohlantirdi Seul.
2024 yil oktyabr oyidan buyon KXDR, Janubiy Koreya, Ukraina va AQŞ ma’lumotlariga köra, Rossiya Federatsiyasining Ukraina bilan çegaradoş Kursk oblastiga 10 mingga yaqin harbiy xizmatçini joylaştirgan. Yanvar oyi oxirida Amerikaning The New York Times gazetasi va Britaniyaning Sky News telekanali Şimoliy Koreya qöşinlari yirik yöqotişlar tufayli front çiziğidan olib çiqilgani haqida xabar bergan edi.









