Jahon | 08:40 / 26.07.2018
7056
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuela pul birligidagi beshta noldan voz kechmoqchi

Foto: Miraflores Palace/Handout via REUTERS

Qiyin iqtisodiy muammolar iskanjasida qolayotgan Venesuela prezidenti Nikolas Maduro tez orada iqtisodiy rivojlanish dasturini ishga tushirishi haqida gapirmoqda.  Tibbiy darmon va ovqat yetishmasligi, giperinflyatsiyani boshdan kechirayotgan Janubiy Amerika millati uchun bu qanday dastur bo‘lishi noma'lum. 

Hozircha oshkor etilgan yangilik shuki, milliy valyuta birligi - bolivarni katta inflyatsion jarlikdan qutqarib qolish uchun muomaladagi pullardan so‘nggi beshta raqamlarni (barchasi nol) olib tashlash  taklif etilmoqda. 

Maduroning aytishicha, 3ta nol o‘rniga 5tasini olib tashlash, kutilgan inflyatsiya darajasini bir maromda jilovlashga yordam beradi. 

Shuningdek, Nikolas Maduro petro deb nomlangan kriptovalyutani ham muomalaga chiqarishni rejalashtirayotganini aytdi. Ammo, bu haqda batafsil to‘xtab o‘tilmadi. 

«Monetar islohotlar joriy yilning 20 avgust kunidan boshlanadi», deydi Maduro mahalliy telekanallar orqali jonli efirga uzatilgan murojaatnomasida. 

Xalqaro valyuta jamg‘armasining prognozlariga ko‘ra, Venesueladagi giperinflyatsiya yil yakuniga qadar 7 xonali raqamga yaqinlashib qoladi. Shunday inflyatsiya tarixda faqat Zimbabve va Germaniyada kuzatilgandi. 

Mavzuga oid