Yaponiya o‘lim jazosidan hali-beri voz kechmoqchi emas
Yaponiya adliya vaziri Yoko Kamikava yaqinda "Aum Sinrikyo" sektasining 13 rahbari qatl etilishi ortidan yangragan tanqidlarga javoban mamlakat yaqin kelajakda o‘lim jazosidan voz kechmasligini ma'lum qildi.
"O‘ta jiddiy va vahshiyona jinoyatlar sodir etgan shaxslarga nisbatan o‘lim hukmini qo‘llashni bekor qilmaslik kerak deb o‘ylayman va bu masala yaqin kelajakda ko‘rib chiqilmaydi", — dedi Kamikava jurnalistlarga.
Kiodo agentligining xabar berishicha, 2014 yilda Yaponiya hukumati tomonidan o‘tkazilgan jamoatchilik so‘rovlarida yaponlarning 80,3%i o‘lim jazosini qo‘llab-quvvatlagan va faqatgina 9,7%i qarshi chiqqan. Xorijdan bildirilgan tanqidlarga javoban yaponiyaliklar Yaponiyada boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq jinoyatchilar jinoyat joyidayoq otib tashlanmasligini aytishgan.
Eslatib o‘tamiz, "Aum Sinrikyo" 1987 yilda Syoko Asaxara tomonidan tashkil etilgan. Turli ma'lumotlarga ko‘ra, sekta a'zolari soni 30 mingdan 50 minggacha kishini tashkil qilgan, ulardan 10 ming nafari Rossiyada bo‘lgan.
1994 yilda sekta a'zolari Nagano prefekturasidagi Matsumoto shahrida zarin zaharli moddasi sochishi oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan. 1995 yil martida sektachilar Tokio metrosida xuddi shu usulni qo‘llashi oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, 6,3 ming kishi turli darajada zaharlangan. O‘shanda politsiya sektaning 30 ga yaqin yetakchisini qo‘lga olgan. Ulardan 13 nafari, jumladan sekta boshlig‘i Syoko Asaxaraga nisbatan o‘lim jazosi chiqarilgan.
Mavzuga oid
18:48 / 14.11.2024
Subaru kosmik teleskopi noyob halqasimon galaktikani aniqladi
21:18 / 13.11.2024
Yaponiyada seysmik yoriqlar tufayli yadroviy reaktorni qayta ishga tushirishga ruxsat berilmadi
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024