Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
F-15X qiruvchisi rekord miqdordagi raketalar bilan jihozlanadi
Amerikaning Boeing F-15X qiruvchi samolyoti «havo-havo» sinfidagi rekord miqdordagi raketalarga (22ta) ega bo‘ladi, deb xabar berdi The Drive.
«Havo-havo» sinfidagi 22ta raketa o‘rniga F-15X 8ta shunday raketa va 28ta GBU-39 boshqariluvchi aviabombasini tashishi mumkin. Taqqoslash uchun, Saudiya Arabistonining F-15SA qiruvchisi «havo-havo» sinfidagi 10ta raketani tashishga mo‘ljallangan.
Yangi samolyot F-15'dan ichki qanotlari tuzilishi, boshqaruv unsurlari, APG-82 radari, elektron videokuzatuv tizimi va infraqizil qidiruv va kuzatuv tizimi bilan farq qiladi.
F-15X'ning rejalashtirilgan parvoz vaqti 20 ming soat deb baholanmoqda. Qiruvchi samolyotning bir soat parvozi 27 ming dollarga tushadi (15C va F-15Dda 42 ming dollar). F-15X narxi 65 million dollarga yaqin bo‘ladi.
The Drive AQSh HHK 1970-yillarda paydo bo‘lgan F-15C va F-15D qiruvchi samolyotlarining to‘rtinchi avlodini F-15X samolyotlari bilan almashtirishga «jiddiy yondashayotganini» qayd etmoqda.
Mavzuga oid
08:55 / 23.05.2026
Dunyodagi eng yirik raketa yana fazoga parvoz qildi
21:32 / 20.05.2026
Turkiya qit’alararo raketasini ko‘z-ko‘z qildi. Yana qaysi davlatlar bunday qurilmaga ega?
08:40 / 13.05.2026
Eronning 70 foiz raketa arsenali saqlanib qolgan - NYT
09:51 / 06.05.2026