Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda anomal issiq bo‘lmaydi. Vazirlik internetda tarqalgan xabarni rad etdi
Go‘yoki, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tarqatilgan №65-sonli xabarnoma “feyk”, ya'ni soxta ekani tasdiqlandi. Bu haqda vazirlik rasmiy vakili Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, soxta xabarnomaning eng quyi qismida ko‘rsatilgan telefon raqami ishlamaydi. Ushbu raqamlar boshqa xonadonniki bo‘lib, muxbir xonadon egasiga savol berilmasdanoq, “eto ne mchs, eto dom” degan so‘zlarini eshitdi.
Shu bilan birga, xabarnomaning soxta ekanini FVVning Kun.Uz muxbiri muloqotda bo‘lgan boshqarma boshlig‘i ham tasdiqladi.
Bugun, 28 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarmasi boshlig‘i (v.v.b.) I.Qo‘chqorov tomonidan imzolangan hamda barcha shahar va tumanlar hokimlariga yo‘llangan xabarnomasi tarqala boshladi.

«O‘zgidrometeorologiya» xizmati xabarida Markaziy Osiyoga janubdan kirib kelayotgan issiq havo oqimi tufayli 7-10 iyul kunlari havo harorati odatdagidan 5-7 daraja baland bo‘lishi, kunduzi harorat +45 darajaga qadar isishi mumkinligi aytib o‘tilgandi. Keyinroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi oftob urmaslik uchun nima qilish kerakligini aytdi.
Kun.uz issiqlik darajasi va u keltirib chiqarayotgan noqulayliklar yuzasidan aholi orasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazgandi. So‘rovnomada ishtirok etganlarning aksariyati havo harorati rasman e'lon qilinganidan ko‘ra balandroq ekanini ta'kidlashmoqda. Aholi vakillari avtobuslarni konditsionerlar bilan ta'minlash borasida taklif bildirishdi.
Mavzuga oid
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
14:30 / 20.04.2026
Turkmanistondan kirib keladigan siklon sel va toshqinlarni olib keladi
23:08 / 18.04.2026
Qoraqalpog‘istonda YTH natijasida avtomobil salonida qisilib qolgan haydovchi qutqarildi
21:10 / 04.04.2026