Şu kunlarda dunyoning qator davlatlarida bölgani kabi Özbekistonda ham havo harorati 40 darajadan yuqori bölmoqda. Xöş, yozning bunday jazirama ob-havo kunlarida oftob urmasligi uçun nima qiliş kerak? Qanday kiyiniş  va ovqatlaniş lozim? Soğliqni saqlaş vazirligi Axborot xizmati uşbu savollar bilan Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari, boş davlat sanitariya vraçi Saydmurod Saydaliyevga murojaat qildi.

— Ma'lumotlarga qaraganda, şu yilning 7-10 iyul kunlari yurtimizning ayrim hududlarida havo harorati keskin kötarilib, keçasi +24... +29 daraja, kunduzi esa +38... +43 daraja issiq bölişi kutilmoqda. Hatto Buxoro, Navoiy, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +45 darajagaça kötarilişi mumkin. Yurtimiz aholisi bunday anomal issiq iqlim kunlarida zarurat sezganda respublika Şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 173 ta tuman va şahar bölimlarida tunu kun tez, sifatli tibbiy yordam olişlari mumkin. Mazkur davolaş muassasalari zarur dori-darmonlar bilan yetarli miqdorda töliq ta'minlangan. Bundan taşqari, uşbu holat yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirligining alohida nazorati taşkil etilgan. Qolaversa, har bir tuman va şahar tibbiyot birlaşmalarida “Işonç telefon”lari faoliyat körsatmoqda.

Şuni ham aytiş kerakki, kuzatilayotgan bunday  jazirama kunlarda, birinçi navbatda, boşni quyoş nuridan asraş muhim ahamiyat kasb etadi. Çunki boş miyadan katta arteriya, vena qon tomirlari ötgan bölib, kunning issiq  vaqtida boş yalang yurganda boş qizib, butun tanada issiq qon aylanib, insonlarni oftob urişiga olib kelişi mumkin. Buning oqibatida tana haroratining kötarilişi, terining qizarişi, holdan toyiş, nafas oliş va puls tezlaşişi, yurakni tez urişi, boş oğrişi, boş aylanişi, köngil aynişi, qayt qiliş, huşdan ketiş holatlari kuzatilaşi mumkin.

Bunday holatlarda qanday yordam körsatiladi?

Oftob urgan odamni darhol soya joyga yotqizib, ust-boşlarini yeçib, muzdek suvga çoyşabni höllab, butun tanasiga öraladi, soçiqni  muzdek suvga höllab boşiga qöyiladi. Böyin va qöltiq sohasiga muz xaltaçalari qöyilsa foydadan holi bölmaydi. Bemorga oz-ozdan suyuqlik içiriladi va zudlik bilan tez yordam çaqiriladi. Tez yordam yetib kelgunga qadar yuqoridagi muolajalar  davom ettiriladi.

Oldini oliş uçun...

Iloji boriça kunning birinçi yarmida boş kiyim kiygan holda sayr

qiliş, kunlik ovqatlaniş ratsioni esa yengil hazm böladigan taomlar hamda meva va sabzavotlardan iborat bölişi, köproq suyuqlik iste'mol qiliş lozim. Kofe, şirin gazlangan suvlarni iste'mol qilmaslik maqsadga muvofiq böladi.

Qanday kiyiniş kerak?

Havoni yaxşi ötkazib, quyoş nurini qaytaradigan, keng tikilgan va tanaga yopişib turmaydigan kiyimlarni  kiyiş tavsiya etiladi. Şuningdek, kiyim tanlaşda matoning rangiga ham e'tibor beriş lozim. Çunki qora va jigar rang matodan tikilgan kiyimlar öziga issiqlik va quyoş nurini köp tortadi, oq rangli matodan tikilgan kiyimlar esa, issiq va quyoş nurini qaytariş xususiyatiga ega.