Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp chegaralarni ochmoqchi bo‘lgan demokratlarni yana tanqid qildi
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar chegaralarini ochmoqchi bo‘lgan demokratlar «to‘la ma'lumotga ega emasdir». Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, demokratlarni faqat feyk yangiliklarni yozadigan ommaviy axborot vositalari qo‘llab-quvvatlamoqda.
«Demokratlar qilayotgan yagona narsa - «qarshilik ko‘rsatish», bu ularning saylovoldi shiori sanaladi», - deya qayd etib o‘tdi Tramp.
Avvalroq, Donald Tramp Yevropa ittifoqi (YeI) vakillari bilan tomonlar o‘rtasidagi yangi savdo bitimiga oid muzokaralar haqida izoh bergandi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, davlatlar vakillari tomonlarda bir-biriga nisbatan bojlarni joriy etish ehtiyoji yo‘qligiga doir «aniq tushuncha» paydo bo‘ldi. Uning ta'kidlashicha, hozirgi vaqtda mamlakatlar vakillari yangi savdo bitimiga oid hujjatlar ustida ishlashmoqda.