Jahon | 12:40 / 29.07.2018
7903
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Suriya masalasi bo‘yicha 4 davlat uchrashuvi o‘tkazilishini ma'lum qildi

© RIA Novosti / Sergey Guneyev

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 7 sentabr kuni Istanbulda Turkiya, Rossiya, Germaniya va Fransiya rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Vatan gazetasi.

«Istanbulda 7 sentabrda Turkiya, Rossiya, Germaniya va Fransiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi, biz nima qilishimiz mumkinligini muhokama qilamiz. Mazkur to‘rt tomonlama uchrashuvda mintaqa muammolarini muhokama qilamiz», — dedi Erdo‘g‘an Yoxannesburgda jurnalistlarning Suriya bo‘yicha savollariga javoban.

Siyosatchilar shuningdek Turkiya, Rossiya va Eronning Suriya bo‘yicha uch tomonlama uchrashuvi kun tartibini ham muhokama qilishadi.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya, Rossiya va Eronning Sochi va Anqarada bo‘lib o‘tgan uch tomonlama sammitidan so‘ng Tehronda uchrashuv o‘tkaziladi.

Turkiya, Rossiya va Eron prezidentlarining Suriya bo‘yicha ikkinchi sammiti 4 aprelda Anqarada bo‘lib o‘tgandi. Birinchi sammit 2017 yil 22 noyabrda Sochida o‘tkazilgan.

Mavzuga oid