Jahon | 23:47 / 31.07.2018
7410
2 daqiqa o‘qiladi

Eron o‘zining Tojikistonda sayyohlarga qilingan hujumga aloqador ekanligini inkor qildi

Eron Tojikistonda sayyohlarning o‘ldirilishiga aloqador emas va bu voqeani keskin qoralaydi. Bu haqda Eron tashqi ishlar idorasining rasmiy vakili Bahrom Gasemi ma'lum qildi, deb xabar berdi Tasnim agentligi.

"Eron Islom Respublikasi mazkur voqeaga har qanday aloqadorligini va o‘z hududida harbiy-qo‘poruvchilik ta'limi bazasi mavjudligini  qat'iyan inkor qiladi. Biz bo‘lib o‘tgan voqeani keskin qoralaymiz va tergov ishlarida Tojikiston tomoni bilan hamkorlikka tayyormiz", - dedi u.

Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlari turli talqinlarni ko‘rib chiqmoqda. Seshanba kuni muassasa sayyohlarga uyushtirilgan hujumga "Tojikiston islom uyg‘onish partiyasi" terrorchilik tashkiloti aloqador ekanligini, terakt ijrochilaridan biri esa Eronda mafkuraviy va harbiy-qo‘poruvchilik ta'limini olganini aniqladi.

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni Xatlon viloyatining Dang‘ara tumanida avtomobil bostirib borishi natijasida mamlakatda velosipedda sayr qilib yurgan to‘rt nafar xorijlik: ikki nafar AQSh hamda Niderlandiya va Shveytsariya fuqarolari halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid