19:30 / 31.07.2018
3331

WhatsApp’da guruh qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirish funksiyasi paydo bo‘ldi

WhatsApp messenjeri ishlab chiqaruvchilari guruh audio va videoqo‘ng‘iroqlari funksiyasini joriy etdi, deb yozmoqda The Verge.

«Foydalanuvchilarimiz qo‘ng‘iroqlar uchun kuniga ikki milliard daqiqadan ortiq vaqt sarflashadi. Biz bugundan WhatsApp’da guruh audio va videoqo‘ng‘iroqlarini joriy etganligimizni ma'lum qilishdan xursandmiz», — deyiladi ishlab chiqaruvchilar xabarida.

Bitta guruh qo‘ng‘irog‘ida to‘rttagacha foydalanuvchi qatnashishi mumkin. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun bir kishiga qo‘ng‘iroq qilish, so‘ngra ekran o‘ng burchagidagi ishtirokchilarni qo‘shish imkonini beruvchi tugmachani bosish lozim.

Mavzuga oid
Top