Jahon | 20:02 / 01.08.2018
7661
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikadagi shahar politsiyasiz qoldi

Foto: CC BY-SA 2.0 / Brian Carpani / Wichita PD

Massachusets shtatining Blendford shahridagi barcha to‘rt politsiyachi  iste'foga chiqdi, deb xabar berdi CBS Boston.

Politsiyachilar chidab bo‘lmas ish sharoitlariga norozilik tarzida ishdan bo‘shashdi. Aytishlaricha, ular shahar bo‘ylab o‘z avtomashinalarida patrul  xizmatini amalga oshirishgan, chunki xizmat mashinalari yaroqsiz bo‘lgan. Bundan tashqari, ular yaroqlilik muddati tugagan o‘q o‘tkazmaydigan zirhli nimchalardan ham nolishgan.

Ofitserlarning ta'kidlashicha, mehnat sharoitlari shunchalik yomon bo‘lganki, ularning ishdan bo‘shashdan boshqa ilojlari qolmagan.

Hozircha politsiyaga yangi xodimlar olinmagan. Ularning vazifasini qisman shtat politsiyasi o‘z zimmasiga olgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid