Şu yilning 16 martida davlat rahbari çorvaçilikda xususiy mulkning ustuvor ahamiyati va örnini ta'minlaş, yaylovlardan samarali foydalaniş, çorvaçilik mahsulotlari işlab çiqariş hajmlarini köpaytiriş va raqobatdoşligini oşiriş maqsadida PQ-2841-sonli qarorini imzoladi. “Çorvaçilikda iqtisodiy islohotlarni çuqurlaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorda Buxoro, Jizzax, Qaşqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridagi qorakölçilik qişloq xöjaligi kooperativlari (şirkatlari)ni fermer xöjaliklari va mas'uliyati çeklangan jamiyatlar etib, şuningdek, çorvadorlik qişloq xöjaligi kooperativlari(şirkatlari)ni — fermer xöjaliklari etib qayta taşkil qiliş ma'qullangan edi.

Xöş, qarorning uşbu talabi joylarda qanday ijro etildi? Buni Prezident qarorining 1-ilovasida qayd etilgan Navoiy viloyati, Navbahor tumanidagi “Sarmiş” şirkat xöjaligi misolida tahlil qilişga harakat qilamiz.

Mazkur qarorga muvofiq “Qorakölçilik qişloq xöjaligi kooperativlari (şirkatlari)ni fermer xöjaliklari va mas'uliyati çeklangan jamiyatlar etib qayta taşkil qiliş tartibi töğrisida”gi nizom ham tasdiqlangan. Şirkatlarni fermer xöjaliklari va mas'uliyati çeklangan jamiyatlari sifatida qayta taşkil etiş tartibi mazkur nizomga muvofiq amalga oşirilişi lozim edi.

Biroq, tahririyatimizga murojaat yöllagan tadbirkor-fermerlar “Sarmiş” qorakölçilik şirkat xöjaligini fermer xöjaliklariga aylantirişda nizom talablari qöpol ravişda buzilganligini bayon etişgan.

Biz mazkur işni joyida örganiş maqsadida Navoiy viloyatiga safar qilib, Navbahor tumanida “Sarmiş” qorakölçilik şirkat xöjaligini fermer xöjaliklariga aylantirişni taşkil etiş böyiça Komissiyaning sobiq raisi, Navbahor tuman hokimining sobiq birinçi örinbosari Telman Adizov bilan uçraşdik.

Hamsuhbatimizning qayd etişiça, “Sarmiş”ni fermer xöjaliklariga aylantiriş va bunda tadbirkorlarni faol jalb qiliş maqsadida ötkazilgan ilk auksiondan söng maşmaşalar boşlangan. Uning ta'kidlaşiça, sud birinçi kim oşdi savdosi natijalarini bekor qilgan.

Gap şundaki, ayrim manfaatdor şaxslar qoğozda “Sarmiş” balansida haqiqatda bölmagan raqamlarni şakllantiriş uçun çöponlarga yolğon gapirib, sizlarga yer beriladi, qöy-eçkilaringiz bilan şirkat tarkibiga pay uluşi bilan a'zo bölinglar, degan taklif bildirgan, tabiiyki, ular bu taklifni bajonudil qabul qilişgan. Biroq yuqoriga hisobot berişda çöponlar pay uluşi bilan kirgan holatlari yaşirilgan. Kim oşdi savdolaridan keyin esa, çöponlar qöy-eçkilari birovlarning ixtiyoriga ötib ketayotgani, pul ularning çöntagiga emas, hokimlik ixtiyoriga ötayotganini anglab yetganlaridan keyin sudga murojaat qilişgan va sud mahkamasi auksion savdosi natijasini bekor qilgan.