Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chiqindiga botib qolgan Ishtixon: shaharni orasta saqlash kimning vazifasi? - video
Ishtixon — Samarqanddagi yirik tuman markazlaridan biri. Tuman markazida keyingi yillarda amalga oshirilgan qurilish va bunyodkorlik ishlari tahsinga sazovor.
Lekin shaharchadagi obodonlashtirish va tozalik ishlari ko‘ngildagidek emas. Ijtimoiy tarmoqlarda shahardagi ariqlar chiqindiga to‘lib yotgani haqidagi suratlar va videolar tarqaldi.

Kun.uz bu xabarlarga ishonib-ishonqiramasdan, Ishtixon tuman markazida bo‘lib qaytdi. Yo‘q, hammasi chin ekan. Ishtixonda azim chinorlardan iborat istirohat bog‘ida ham chiqindi uyilib yotibdi. Chiqindi va barg-xazonlar shundoqqina ko‘chaning yuzida yoqilgan.


Shaharning eng markazida — Markaziy dehqon bozori oldidagi chorraha bo‘ylab ariqlar axlatu chiqindilarga to‘la. Antisanitariya holati hech kimni tashvishlantirmayotgan ko‘rinadi. Chunki chiqindilar ko‘p kunlardan beri yig‘ilib yotgani kundek ayon.


Bu hol tuman hokimligi va tuman obodonlashtirish bo‘limi o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashayotganidan darak emasmi?
Shuhrat Shokirjonov (matn),
Ma’rufjon Asqarov (tasvir)
Kun.uz muxbirlari
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
10:30 / 04.07.2026
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
09:15 / 27.06.2026
Qaysi mamlakatlarda yadro chiqindilari eng ko‘p? Yangi xarita e’lon qilindi
09:05 / 20.06.2026