Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Rossiya bozoriga kamroq qaram bo‘lishni istamoqda
Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya bozoriga kamroq qaram bo‘lishni va mamlakat qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni jadallashtirishga shoshmaslikni istamoqda. Bu haqda Tut.by portali xabar berdi.
«Biz bu ishni tezlashtirmoqchi emasmiz, chunki sotish qiyin. Xitoy bozoriga qanday kirib borayotganimizni ko‘rib turibsiz, birgina Rossiya bozoriga qaram bo‘lib qolmaslik uchun butun dunyo bo‘ylab mahsulotlar savdosini divertsifikatsiya qilyapmiz. Biz ortig‘i bilan ishlab chiqarayotgan narsalarimizni sotish uchun hamma joyga boryapmiz», — dedi Belorussiya prezidenti.
Davlat rahbarining fikricha, bitta bozorga qaram bo‘lib qolish mamlakat suvereniteti uchun xavfli.
«Senda biror narsa yo‘q bo‘lsa va uni kimdir yetkazib beradigan bo‘lsa, u istagan vaqtida bo‘g‘zingdan olishi mumkin. Tamom: mustaqillik tugaydi», — dedi u.
Mavzuga oid
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
21:48 / 12.05.2026