Jahon | 20:41 / 02.08.2018
11880
1 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyaning dunyoda eng katta bayrog‘i shamolga dosh bera olmadi

Shveytsariyaning o‘lchami 80 metrga 80 metr bo‘lgan dunyodagi eng katta bayrog‘i shamolga dosh berolmay ikkiga bo‘linib ketdi. 31 iyul kuni mamlakat shimoli-sharqidagi Sentis tog‘ining qiyaligiga o‘rnatilgan bayroq zo‘rg‘a 24 soat turdi, deb xabar berdi Tribune de Geneve gazetasi. 

Bayroq 1 avgust kuni nishonlanadigan Shveytsariya Konfederatsiyasi tashkil etilgan kunning 727 yilligi bayrami munosabati bilan o‘rnatilgandi. Uning og‘irligi 700 kilogrammga yaqin bo‘lib, bayroqni o‘rnatishda yigirmaga yaqin mutaxassis ishtirok etgandi.

Tribune de Geneve gazetasining yozishicha, 1 avgust kuni Shveytsariyaning qator tumanlarida kuchli momaqaldiroqlar yuz bergan. Kuchli shamol natijasida daraxtlar ag‘darilgan, jala tufayli uylarning yerto‘lalari suvga to‘lgan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid