Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Kim Chen In bilan yangi uchrashuvni kutayotganligini bildirdi
Foto: AP/ Evan Vucci
AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR rahbari Kim Chen Inga Koreya urushida halok bo‘lgan amerikalik harbiylar hokining topshirilishi munosabati bilan minnatdorlik bildirdi va u bilan yangi uchrashuvni "sabrsizlik" bilan kutayotganligini aytdi.
"Koreya Mehnat partiyasi raisi Kim Chen In, va'dangizda turganingiz va janglarda bedarak ketgan bizning buyuk va sevimli insonlarimiz hoklarini topshirish jarayonini boshlaganingiz uchun rahmat! Siz bilan uchrashuvni sabrsizlik bilan kutaman!", — deb yozdi Amerika prezidenti o‘zining Twitter-akkauntida.
Chorshanba kuni Koreya yarimorolida halok bo‘lgan amerikalik harbiylarning hoklari AQShning Perl-Xarbor – Xikam harbiy bazasiga olib kelindi.
Shu munosabat bilan bazada AQSh qurolli kuchlari harbiylari, Gavayi shtati rahbariyati, diplomatik korpuslar vakillari, faxriylar va Koreya urushi vaqtida halok bo‘lganlarning oila a'zolari ishtirokida marosim bo‘lib o‘tdi.
Harbiylar hoklari solingan konteynerlar ekspertiza o‘tkazish va ularning shaxslarini aniqlash uchun AQSh mudofaa vazirligi laboratoriyasiga topshiriladi.
Pentagonning ma'lumotiga ko‘ra, Koreya urushida 36,6 ming amerikalik halok bo‘lgan, ular orasida taxminan 7,7 ming kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026
Kim Chen In yana KXDRda eng oliy lavozimga saylandi
13:42 / 10.03.2026